Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda YuNeSKO sammitini o‘tkazish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi
«2025 yilda YuNeSKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorda ushbu nufuzli xalqaro anjumanni yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari belgilab qo‘yilgan.
Jumladan, «Samarqand – jahon tamaddunlari chorrahasida» kitob-albomi o‘zbek, rus, ingliz va fransuz tillarida chop etiladi, pochta markalari va konvertlar turkumi yaratiladi, taqvimlar va ko‘rgazmali targ‘ibot vositalari, esdalik tangalari, kumush va oltin tangalar muomalaga chiqariladi.
Sessiya doirasida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlarida madaniy tadbirlar, ekskursiyalar va qabullar tashkil etiladi.
Madaniy meros agentligi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda – Samarqand shahridagi tegishli madaniy meros obektlarini asrashga doir ishlar hamda immersiv va mavzuli ko‘rgazmalar tashkil etiladi.
Tashqi ishlar vazirligi – YuNeSKO Bosh direktori nomiga O‘zbekiston Respublikasining Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha xalqaro tadqiqot markaziga a’zo bo‘lishi uchun rasmiy ariza topshiradi.
Samarqand shahrida Buyuk ipak yo‘li davlat muzeyi tashkil etiladi, sohibqiron Amir Temur bog‘lari qayta tiklanadi, Bibixonim majmuasi restavratsiya qilinadi, Buxoro tarixiy markazini muhofaza qilishga qaratilgan uning master va menejment rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli qarorlar loyihalari kiritiladi.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026