O‘zbekiston | 12:08 / 15.03.2024
4887
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston O‘zbekistondan 100 ta avtobus sotib oladi

O‘sh shahar hokimligi Samarqand avtomobil zavodidan (SamAuto) 100 dona Isuzu SAZ LE-60 yo‘lovchi avtobusini xarid qiladi. 

Qirg‘iziston O‘zbekistondan 100 dona Isuzu SAZ LE-60 yo‘lovchi avtobusi sotib oladi.

13 mart kuni O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi ofisida Qirg‘izistonning O‘sh shahar hokimligi bilan lizing shartnomasi imzolandi. Jamg‘arma Samarqand avtomobil zavodi (SamAuto) tomonidan ishlab chiqarilgan past polli yo‘lovchi avtobuslarini xarid qilishni moliyalashtiradi.

Mazkur avtobuslar O‘sh jamoat transporti parkini kengaytiradi va modernizatsiya qiladi.

Shartnoma taraqqiyot jamg‘armasi uchun ikkinchisi bo‘ldi. Fevral oyi oxirida ham O‘QTJ «Akun» YoAJ bilan SamAuto kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 10 ta o‘rtacha yuk ko‘taruvchi Isuzu yuk avtomashinasini lizingga olish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid