Jahon | 09:40 / 18.03.2024
6620
4 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon uchta raketa uchirdi

Raketalar Yaponiyaning maxsus zonasidan tashqariga qulagan, deb xabar bermoqda Kyodo agentligi Yaponiya mudofaa vazirligiga tayanib. Ular 50 m balandlikda 350 km masofani bosib o‘tgan. Rasmiylarning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, raketalar parvozi hech qanday jiddiy oqibatlarga olib kelmagan.

Foto: Heo Ran/REUTERS

KXDR yana raketa sinovlarini o‘tkazdi va Yaponiya tomon uchta ballistik raketa uchirdi, deb xabar berdi Kyodo agentligi 17 mart, yakshanba kuni Yaponiya mudofaa vazirligi va orol davlati qirg‘oq qo‘riqlash xizmatiga tayanib. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, raketalar Yaponiyaning maxsus zonasidan tashqariga tushgan. 

Yaponiya rasmiylarining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, raketalar parvozi hech qanday jiddiy oqibatlarga olib kelmagan.Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida Shimoliy Koreyaning raketa uchirishini nomaqbul deb atadi, deya xabar bermoqda Reuters. Sohil xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, raketalar taxminan 30 daqiqalik masofaga uchirilgan. Ularning har biri parvozi taxminan yetti daqiqa davom etdi, ular 350 km masofani bosib o‘tdi. 

Shimoliy Koreya avvalroq bir nechta raketa sinovlarini o‘tkazgan 

14 yanvar kuni Shimoliy Koreya o‘rta masofaga uchuvchi ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi. Yaponiya ma’lumotlariga ko‘ra, raketa Yapon dengizidagi eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga qulagan. Tokio Pxenyanni BMTning ballistik raketa sinovlarini taqiqlovchi rezolyutsiyalarini buzganlikda aybladi. 

2 fevral kuni Shimoliy Koreya yil boshidan beri to‘rtinchi marta bir nechta qanotli raketalarni uchirdi. Raketalar Koreya yarim oroli va Xitoy o‘rtasidagi dengiz tomon uchirilgan. Pxenyan yaqinda bir necha bor mamlakatning «yadroviy energetikasini» mustahkamlash maqsadida «strategik» qanotli raketalarni sinovdan o‘tkazgani haqida xabar bergan. Boshqalar qatorida, suvosti kemalaridan uchirilishi mumkin bo‘lgan yangi ishlab chiqilgan qanotli raketalar sinovdan o‘tkazildi. 

Ayni paytda Koreya yarim orolida keskinlik sezilarli darajada oshgan. Shimoliy Koreya so‘nggi ikki yil ichida raketa sinovlari ko‘lamini oshirdi va dushman davlatlar deb hisoblagan AQSh va Janubiy Koreyaga qarshi ritorikasini kuchaytirdi. Vashington va Seul harbiy hamkorlikni, jumladan, harbiy mashqlarni ham kengaytirdi. 

AQSh va Janubiy Koreya KXDR yadroviy tahdidiga qarshi mashg‘ulotlar o‘tkazdi

4 martdan 15 martgacha Janubiy Koreyada Pxenyan tomonidan keskinlik kuchayishi fonida AQSh bilan yillik qo‘shma harbiy manevrlar bo‘lib o‘tdi. «Ozodlik qalqoni» mashg‘ulotlarining asosiy elementi KXDR tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yadroviy tahdidga qarshi mashg‘ulotlardan iborat bo‘ldi. 

Seul va Vashington mudofaa departamentlariga ko‘ra, «Ozodlik qalqoni» mashqlari «mudofaa, jumladan kiber va axborot makonida, shuningdek, kosmosda «jangovar harakatlar sohasiga» aylanishi mumkin bo‘lgan ko‘p o‘lchovli dasturdir».

Janubiy Koreya va Yaponiya Pxenyanning yadroviy va raketa dasturlarini o‘ziga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid deb hisoblaydi, deya eslatadi dpa agentligi. O‘z navbatida, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In rejimi AQShni dushman davlat deb hisoblaydi. 

Mavzuga oid