Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biznes-ombudsmanga asosan Toshkent shahridagi tadbirkorlar murojaat qilyapti
Yanvar-fevral oylarida murojaatlar asosida tadbirkorlarga 1,94 mlrd so‘m undirilishida yordam ko‘rsatildi. Biznes-ombudsman devoni tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 981 mln so‘m asossiz to‘langan soliq summalarini qaytarishda, 146 mln so‘mdan oshiq kredit ajratilishida ham ko‘maklashilgan.
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida tadbirkorlardan 1 587 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan ko‘rib chiqilgan 735 ta murojaatning 329 tasi (45 foiz) bo‘yicha tadbirkorlarning huquqlari tiklangan va 406 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p murojaatlar Toshkent shahri (350 ta), Toshkent (174 ta) va Qashqadaryo (140 ta) viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
“Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali joriy yilning o‘zida 1 092 ta murojaat bo‘yicha 1 666 ta masala kelib tushgan bo‘lib, shundan 1 092 tasi ko‘rib chiqilgan.
Mavzuga oid
09:40 / 28.01.2026
Biznes-ombudsman: mahalliy hokimiyatning 220 ta noqonuniy qarori bekor qilindi
20:40 / 06.01.2026
Farg‘onada tadbirkorlarga nisbatan chiqarilgan noqonuniy ma’muriy qarorlar bekor qilindi
01:22 / 05.01.2026
Tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda biznes-ombudsman bilan kelishish talab etilmasligi ma’lum qilindi
13:02 / 27.12.2025