Gurjistonda hukmron partiya MSK ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi
Muxolifat Gurjiston Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar 2024 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari vaqtida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy manipulyatsiyalar xavfini oshirishini taxmin qilmoqda.
Hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi Gurjiston Markaziy saylov komissiyasi ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi. Reuters agentligining 25 mart, dushanba kuni xabar berishicha, bu joriy yilning oktyabr oyida respublikada o‘tkaziladigan saylovlar paytida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan manipulyatsiyalar haqidagi xavotirlarni kuchaytirdi.
Shu kuni parlament spikeri Shalva Papuashvili Saylov kodeksiga Markaziy saylov komissiyasi rahbari va a’zolari lavozimiga nomzodlarni tanlash huquqini parlament rahbariga o‘tkazishni nazarda tutuvchi tuzatishlarni imzoladi. Shu bilan birga, ularni tasdiqlash parlament a’zolari tomonidan oddiy ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tanqidchilar buni saylov oldidan saylov komissiyasidan vakolatlarni tortib olish sifatida ko‘ryapti.
Avvalroq Gurjiston prezidenti Salome Zubarishvili tuzatishlar mamlakatning Yevropa yo‘nalishiga mos kelmagani uchun ularga veto qo‘ygan edi. Markaziy saylov komissiyasini shakllantirishning yangi qoidalari ushbu organning mustaqilligini yo‘qotishiga olib keladi va Gurjistonning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar boshlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin, deb ta’kidlagan muxolifat deputatlari «Kavkazskiy uzel» internet-portaliga. Parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lgan hukmron partiya o‘tgan hafta prezident vetosini bekor qildi.
Mavzuga oid
14:23 / 21.11.2024
Gurjistondagi noroziliklar tashkilotchilari yangi harakat rejasini ishlab chiqadi
13:53 / 20.11.2024
Zurabishvili saylovlar yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qildi
07:50 / 19.11.2024
YeI Gurjiston hukumatiga ajratilgan 121 mln yevroni qaytarib oldi
22:49 / 18.11.2024