Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina rossiyalik targ‘ibotchi Margarita Simonyanni sirtdan genotsidda aybladi
Ukraina xavfsizlik xizmati uni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rayotganini ta’kidladi.
Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) rossiyalik targ‘ibotchi va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan yangi jinoiy ish bo‘yicha ayblanuvchiga aylangani haqida xabar berdi.
«Ayblanuvchining hujjatlashtirilgan yangi jinoyatlari orasida 2023 yil dekabrida ukrainalik bolalarning ommaviy qotilligiga ochiq chaqiriqlar ham bor. Bundan tashqari, rossiyalik targ‘ibotchi Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga raketa va bombali hujumlarni davom ettirish uchun bir necha bor kampaniya olib borgan», deyiladi UXX bayonotida.
Departamentning qo‘shimcha qilishicha, Simonyan ijtimoiy tarmoqlarda va Rossiya televideniyesida, jumladan, targ‘ibotchi Vladimir Solovyovning dasturida chiqish orqali «Kreml uydirmalarini muntazam ravishda tarqatgan».
Ukraina razvedka xizmatining qo‘shimcha qilishicha, Simonyan «Genotsid», «Ukraina hududiy yaxlitligiga tajovuz», «Urush targ‘iboti» va «Rossiyaning Ukrainaga qarshi qurolli tajovuzini oqlash» moddalari bo‘yicha ayblanmoqda. Simonyan hozir Rossiyada istiqomat qilyapti va unga ayblov sirtdan qo‘yilgan. UXX uni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rayotganini ta’kidladi.
Margarita Simonyan ushbu ayblovlarga hozircha izoh bermadi.
2023 yil mart oyida UXX Simonyanni hududiy yaxlitlikka tajovuz qilishda ayblagan edi. Razvedka xizmatiga ko‘ra, targ‘ibotchi birinchilardan bo‘lib 2022 yilda Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlagan.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026
Solovyov dronlar hujumini tasvirga olganlarni qamashni talab qildi
08:58 / 19.06.2026