Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fevralda eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi
O‘zbekiston Markaziy banki fevral oyida dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda ko‘proq – 12 tonna oltin sotdi.
Foto: AP
O‘zbekiston Markaziy banki fevral oyida dunyodagi boshqa moliyaviy regulyatorlardan ko‘proq oltin sotdi. Bu haqda Jahon Oltin Kengashining (WGC) oylik ma’lumotlarida keltirib o‘tilgan.
Hisobot davrida jahon markaziy banklarining jami oltin zaxiralari 19 tonnaga oshgan. Ammo qimmatbaho metallni xarid qilish hajmi yanvar oyiga (45 tonna) nisbatan 58 foizga kamaygan.
Fevral oyida qimmatbaho metallarning eng faol xaridorlari Xitoy (12 tonna), Qozog‘iston (6 tonna) va Hindiston (6 tonna) Markaziy banklari bo‘ldi.
Mazkur vaqtda oltinning asosiy sotuvchisi O‘zbekiston Markaziy banki bo‘ldi va o‘z zaxiralarini 12 tonnaga qisqartirdi. Shuningdek, Iordaniya Markaziy banki tomonidan ham 4 tonna oltin sotilgan.
Avvalroq, O‘zbekiston 2023 yilda eng ko‘p oltin sotgan ikkinchi davlat bo‘lgani xabar qilingandi. Xususan, o‘tgan yilda 8,2 mlrd dollarlik oltin eksport qilingan.
Mavzuga oid
18:26 / 06.05.2026
Nega markaziy banklar rekord sur’atlarda oltin sotib olmoqda?
07:50 / 04.05.2026
O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik banknotdan eng ko‘p foydalanilmoqda
22:44 / 02.05.2026
Navoiyda ma’danli toshlarni qazish va oltin ajratib olish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
11:34 / 30.04.2026