Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada dissident Skobov terrorizmni oqlashda ayblanyapti
Aleksandr Skobovning ta’qib qilinishiga uning «Qrim ko‘prigi portlatilishini oqlovchi posti» sabab bo‘ldi, deb yozadi Telegram’dagi «Podderjka politzekov. Memorial» kanali.
2 aprel kuni Sankt-Peterburgda qo‘lga olingan publitsist va sovet davri dissidenti Aleksandr Skobov terrorizmni oqlash moddasi bo‘yicha ayblanyapti. Bu haqda 3 aprel, chorshanba kuni kechqurun «Podderjka politzekov. Memorial» Telegram-kanali xabar berib, Skobovga nisbatan ish qo‘zg‘atilishiga uning «Qrim ko‘prigi portlatilishini oqlovchi posti» sabab bo‘lganini bildirdi.
Shu kuni, 3 aprelda «Fontanka» internet-nashri 66 yoshli publitsistga qarshi terrorizmni omma oldida oqlagani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilganini yozgan. Biroq, ushbu maqolada «Agenstvo jurnalisskix rassledovaniy» AAning ish qo‘zg‘atilishi Skobov o‘z Telegram-kanalida Krasnogorskdagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi teraktni muhokama qilgani bilan bog‘liqligi haqida ma’lumoti keltirilgan.
«Podderjka politzekov. Memorial» ma’lum qilishicha, Skobov ishi bilan Sankt-Peterburgning Kalinin tumani Tergov qo‘mitasi shug‘ullanyapti. 4 aprel kuni Kalinin tuman sudi unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlashi kutilmoqda.
Dissident Aleksandr Skobovning qo‘lga olinishi
Aleksandr Skobov 2 aprel kuni Sankt-Peterburgda, huquq himoyachisi Yuliy Ribakov va u bilan birga bo‘lgan rafiqasi Yekaterina Molostvovaning kvartirasida qo‘lga olindi. Yuliy Ribakov «Fontanka» internet-nashriga tergovchi va unga hamroh bo‘lgan IIV xodimlari 66 yoshli Skobovga qandli diabetga qarshi muhim dori-darmonlarni o‘zi bilan olib ketishga ruxsat bermaganini aytdi.
SSSR va Rossiyada Aleksandr Skobovning ta’qib qilinishi
2024 yil 22 martda Rossiya hukumati Aleksandr Skobovga «chet el agenti» maqomini berdi. «Adliya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, u davlat organlari qarorlari to‘g‘risida «yolg‘on ma’lumot tarqatgan», urushga qarshi chiqqan, «Rossiya Federatsiyasini terroristik tashkilot deb hisoblagan», «nomaqbul tashkilot» faoliyatida ishtirok etgan, «chet el agenti materiallarini» tuzgan va tarqatgan», deb eslatadi «OVD -Info».
1978 yilda Aleksandr Skobov «Chap muxolifat» guruhi va hukumatga qarshi jurnal faoliyatida faol ishtirok etgani uchun hibsga olingan. Keyinchalik, sud hukmi bilan u psixiatriya shifoxonasiga yotqizilgan va u yerdan 1987 yilning yozida ozod qilingan.
«Okna» loyihasiga ko‘ra, ayni paytda Rossiyada Aleksandr Skobovga nisbatan «nomaqbul tashkilot» – ozod Rossiya forumi faoliyatida ishtirok etgani uchun ma’muriy ish yuritilmoqda.
Sotsiolog Kagarlitskiyning «terrorizmni oqlagani» uchun sudlanishi
2024 yil fevral oyida Rossiya Federatsiyasidagi apellyatsiya sudi sotsiolog va «Rabkor» ijtimoiy-siyosiy internet-jurnali bosh muharriri Boris Kagarlitskiyga chiqarilgan hukmni qayta ko‘rib chiqdi va terrorizmni oqlash ishi bo‘yicha 600 ming rubl miqdoridagi jarimani besh yillik qamoq jazosi bilan almashtirdi.
Boris Kagarlitskiy 2022 yil oktyabr oyida Qrim ko‘prigida ro‘y bergan portlash haqida «Rabkor» saytida e’lon qilingan videorolik yuzasidan 2023 yil iyulida hibsga olingan edi. Rossiya hukumati portlashni terakt sifatida baholadi. Ayblov tomoni «psixologik-lingvistik ekspertiza videoda hukumat organlarini obro‘sizlantirish maqsadida portlash sodir etish g‘oyasi tan olinganini aniqlandi» deb ta’kidladi. Kagarlitskiyning o‘zi aybini tan olmadi va qo‘yilgan ayblov videoning nomi haqidagi da’volarga asoslanganini tushuntirdi.
2023 yil dekabrida 2-G‘arbiy okrug harbiy sudi sotsiologni 600 ming rubl miqdorida jarimaga hamda ikki yil davomida internet-resurslarni yaratish va boshqarish huquqidan mahrum etishga hukm qildi. Olim sud zalidan ozod qilindi, biroq prokuratura hukm ustidan shikoyat qildi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025