WhatsApp messenjeri global uzilishdan so‘ng o‘z faoliyatini qayta tikladi
WhatsApp, Instagram va Facebook ishidagi uzilish butun dunyo bo‘ylab o‘n minglab foydalanuvchilarga ta’sir ko‘rsatdi.

Foto: CNN
Dunyoning turli davlatlarida bir necha soat davom etgan WhatsApp messenjeri ishidagi nosozliklar bartaraf etildi. Bu haqda messenjerning 4 aprel, payshanba kuni ertalab X ijtimoiy tarmog‘idagi mikroblogida ma’lum qilin. «Va biz qaytdik! Suhbatdan zavqlaning!» - deydi bu postda. Uzilishlarga aynan nima sabab bo‘lgani haqida xabar berilmagan.
Bundan bir necha soat oldin, 3 aprel oqshomida butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar WhatsApp ishidagi keng ko‘lamli nosozliklar haqida xabar berdi. Messenjerda xabarlarni jo‘natish yoki qabul qilishning imkoni bo‘lmagan, uning veb-versiyasi ochilmagan va ulanish muammolari haqida xabar berilgan, shuningdek, mediafayllar ham yuklanmagan.
Muammolar haqida xabarlar, xususan, Rossiya, Britaniya, Hindiston, Braziliya, AQSh va boshqa ba’zi mamlakatlardan kelgan. Downdetector servisi ma’lumotlariga ko‘ra, nosozlikning eng yuqori cho‘qqisida AQShda 24 ming WhatsApp foydalanuvchisi uzilish haqida xabar bergan. Shu bilan birga, Meta kompaniyasiga tegishli Facebook va Instragram ijtimoiy tarmoqlari ishidagi muammolar haqida ham ma’lumot paydo bo‘ldi.
Ayni vaqtda, Rossiya regulyatori Roskomnadzor 3 aprel kuni kechqurun Rossiyada WhatsApp ishini bloklamaganini ta’kidladi. «Nosozlik haqidagi ma’lumot Downdetector xorijiy servisi tomonidan tarqatilyapti. Muammo, ehtimol, RFda faoliyati taqiqlangan Meta infratuzilmasidagi nosozlik bilan bog‘liq», - deya ta’kidladi departament.
Mavzuga oid

21:44 / 04.03.2025
Saudiya Arabistoni banklariga mijozlar bilan WhatsApp orqali muloqot qilish taqiqlandi

16:58 / 25.12.2024
Eronda WhatsApp va Google Play blokdan chiqariladi

09:53 / 21.12.2024
RKN WhatsApp va Skype'ga foydalanuvchi ma’lumotini FSBga topshirish majburiyatini yukladi

18:03 / 03.11.2024