Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston elchisi Samara viloyatida YTHda jabrlanganlardan xabar oldi
O‘zbekiston elchisi Samara viloyatida baxtsiz hodisa oqibatida jarohatlangan mamlakat fuqarolariga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam bilan tanishdi.
Foto: Dunyo
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botir Asadov Samara viloyati Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Armen Benyan bilan birgalikda hududdagi tibbiyot muassasalarida bo‘lib, avtohalokatda jabrlangan mamlakat fuqarolariga tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi.
Samara viloyati Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari ta’kidlaganidek, barcha jarohatlanganlar hududdagi 4 ta kasalxonada zarur tibbiy muolajalar olmoqda.
2024 yil 8 aprelga o‘tar kechasi Ural-Muxanovo trassasida Chimkent-Nijniy Novgorod yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘lgan edi.
Voqea joyida tibbiy xizmat tezkorlik bilan ish olib bordi, 10 nafar tez tibbiy yordam brigadasi va viloyat tabiiy ofatlar tibbiyot markazi brigadasi ish olib bordi.
18 bemorning ahvoli o‘rta og‘ir, 2 nafari qoniqarli va yana 2 nafari o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.
Mamlakat diplomatlari tibbiyot muassasalari ma’muriyati, Samara viloyati ichki siyosat boshqarmasi milliy va diniy siyosat bo‘limi boshlig‘i Mariya Kupsova bilan ham tibbiy yordamni tashkil etish masalalarini muhokama qildi.
Elchi B.Asadov viloyat hukumati va huquqni muhofaza qilish organlariga, shuningdek, avtohalokatda jabrlangan O‘zbekiston fuqarolariga yuqori malakali yordam ko‘rsatayotgani uchun Samara tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.
Mavzuga oid
15:05 / 19.05.2026
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
18:31 / 18.05.2026
“Bolamni koptok kabi uchirib yuborgan”: Olmaliqda pikap bir bolani o‘ldirdi, biri komada
19:01 / 10.05.2026
Andijonda “Lasetti” zovurga tushib ketdi
15:39 / 26.04.2026