O‘zbekiston | 21:57 / 16.04.2024
5950
1 daqiqa o‘qiladi

«Rinotin kids» bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda - Sanepidqo‘mita

Qayd qilinishicha, bu biologik faol qo‘shimcha bo‘lib, uni O‘zbekistonga olib kirish uchun ruxsatnoma berilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda «Rinotin kids» mahsuloti to‘g‘risidagi xabarlar tarqalmoqda, ammo bu dori vositasi emas, balki biologik faol qo‘shimcha. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, ushbu biologik faol qo‘shimcha Italiyada ishlab chiqariladi. Uni O‘zbekistonga olib kirish uchun «Gricar Chemical S.R.L» kompaniyasi ishonchnomasiga binoan Cynergy Pharmco korxonasiga ruxsatnoma berilgan. Shuningdek, mazkur mahsulotga xavfsizligini tasdiqlovchi Sanitariya-epidemiologik xulosa olingan. 

Sanepidqo‘mitaning eslatishicha, mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashib keltirish, saqlash va realizatsiya qilish, sifati hamda xavfsizligiga ishlab chiqaruvchi tashkilot va uning ishonchnomasi asosida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlari javobgar hisoblanadi. 

Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda Sanepidqo‘mita mutaxassislari tomonidan ushbu holat yuzasidan qonun doirasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid