Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi
NATO bosh kotibi Stoltenberg alyans davlatlaridan qaysi biri Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishini aytmadi. Ukraina prezidenti Zelenskiy mamlakatning kamida 7 ta Patriot havo mudofaa tizimi yoki analogiga ehtiyoji borligini bildirdi.
NATO davlatlari Ukrainaga qo‘shimcha havo hujumidan mudofaa tizimlarini taqdim etish niyatida. Shimoliy Atlantika alyansi NATO doirasida resurslar topdi, dedi tashkilot bosh kotibi Yyens Stoltenberg 19 aprel, juma kuni Ukraina-NATO kengashi yig‘ilishidan so‘ng.
U alyansning qaysi a’zosi tegishli majburiyatlarni o‘z zimmasiga olganiga aniqlik kiritmadi. NATOga a’zo bo‘lgan alohida davlatlar yaqin kunlarda aniq bayonotlar berishi kutilmoqda. Shu bilan birga, havo hujumidan mudofaa tizimlariga ega bo‘lmagan davlatlar ularning Kiyev uchun sotib olinishini pul bilan qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘ldi, deya qo‘shimcha qildi Stoltenberg.
Zelenskiy: Kamida yettita Patriot tizimi kerak
Ukrainaga o‘zining eng muhim obektlarini himoya qilish uchun kamida yettita Patriot zenit-raketa kompleksi yoki shunga o‘xshash tizimlar kerak, dedi video-aloqa orqali ishtirok etgan prezident Vladimir Zelenskiy. Ukraina rahbari ittifoqchilarni bu masalada ikkilanmaslikka chaqirdi.
Ukraina davlat rahbari avvalroq o‘z mamlakatiga harbiy yordamni oshirishga chaqirgan edi. Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra, gap Kiyevning oldingi chiziqni ushlab turish va qolgan energetika infratuzilmasini himoya qilish qobiliyati haqida bormoqda.
So‘nggi haftalarda Rossiya Ukrainani o‘qqa tutishni kuchaytirdi va xususan, havo hujumlari bilan deyarli barcha issiqlik elektr stansiyalarini yo‘q qildi. Aprel oyi boshida Ukraina prezidenti mamlakat havo hududini to‘liq himoya qilish uchun zarur bo‘lgan Patriot havo mudofaa tizimlari sonini 25 birlik atrofida baholagan edi.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026