Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda O‘zbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi o‘tkaziladi
O‘zbekiston va Vengriya III Toshkent xalqaro investitsiya forumi va qo‘shma Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya milliy iqtisodiyot vaziri Marton Nad bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Muloqot chog‘ida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollariga oid masalalar, jumladan, sanoat kooperatsiyasi loyihalari va investitsiya dasturlarini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda joriy yilning 2-3 may kunlari bo‘lib o‘tadigan III Toshkent xalqaro investitsiya forumi ishida Vengriyaning yuqori darajadagi vakillari va ishbilarmon doiralarining ishtiroki masalasi ham muhokama qilindi.
Tomonlar 2013 yildan buyon iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiyasi faoliyat yuritayotganini, uning 9-yig‘ilishini joriy yil 6-7 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishini ta’kidladi.
Mazkur yig‘ilishda investitsiya, sanoat, savdo-iqtisodiy, bank-moliya va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilishi va kelishib olinishi alohida qayd etildi.
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Vengriya parlamenti bosh vazir lavozimida bo‘lish muddatini chekladi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
18:06 / 27.05.2026
Vengriya parlamenti Xalqaro jinoiy suddan chiqish jarayonini to‘xtatdi
09:44 / 23.05.2026