Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyada murakkab ahvolga tushib qolgan 14 yoshli bola O‘zbekistonga qaytarildi
Malayziyada murakkab ahvolga tushib qolgan fuqaroning vatanga qaytishiga yordam ko‘rsatildi.
Joriy yilning 22 aprel kuni O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Malayziyada qiyin ahvolga tushib qolgan fuqaro vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 5 aprel kuni elchixonaga Samarqand viloyatida istiqomat qilayotgan fuqaro S.X. murojaat qilib, uning 2010 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan farzandi X.S. qonuniy vakillarsiz hamda Malayziyada bo‘lib turish qonun-qoidalarini buzgan holda Kuala-Lumpur shahrida murakkab vaziyatda qolib ketganini bildirgan.
Diplomatik vakolatxona tomonidan X.S.ga O‘zbekistonga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirib berildi va unga Malayziya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya departamenti tomonidan mamlakatni tark etish uchun maxsus ruxsatnoma olishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Natijada, joriy yilning 22 aprel kuni X.S. buvisi hamrohligida Batik Air aviakompaniyasining "Kuala-Lumpur – Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha aviareysi bilan O‘zbekistonga qaytarildi.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026