Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilhom Aliyev uch davlatni Armanistonni qurollantirayotganlikda aybladi
Ozarboyjon rahbari Fransiya, Hindiston va Gretsiyani Armanistonga «g‘amxo‘rlik qilishga» urinayotganligini aytdi.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning aytishicha, Fransiya, Hindiston va Gretsiya Armanistonni Ozarboyjonga qarshi qurollantirmoqda.
«Biz shunchaki qo‘l qovushtirib o‘tirolmaymiz. Biz bu pozitsiyani Armaniston hukumati va bugun Armanistonga «g‘amxo‘rlik qilishga» urinayotgan tomonlarga aniq yetkazdik. Agar o‘zimizga jiddiy tahdid borligini ko‘rsak, jiddiy choralar ko‘rishga majbur bo‘lamiz», dedi Aliyev.
Prezidentning aytishicha, hozir tinchlik bitimi qanday bo‘lishi kerakligi haqida umumiy tushuncha mavjud.
«Biz faqat tafsilotlarni ishlab chiqishimiz kerak. Biroq, albatta, har ikki tomonga ham vaqt kerak», dedi Aliyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «tomonlar muammoni hal qilishga har qachongidan ham yaqinroq».
«Armaniston bosqini paytida biz bundan juda uzoq edik. O‘sha paytda biz hatto asosiy tamoyillar bo‘yicha ham kelisha olmadik», dedi prezident.
Mavzuga oid
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
16:23 / 11.06.2026
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
16:54 / 09.06.2026