Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Forbes jurnalisti Mingazov uy qamog‘iga jo‘natildi
Xabarovsklik jurnalist Buchadagi voqealar haqidagi xabarni qayta joylashtirgani uchun Rossiya armiyasi haqida «siyosiy nafratga asoslangan» «feyklar» tarqatganlikda ayblangan.
Sergey Mingazov Foto: DR
Xabarovsk sudi Forbes Russia jurnalisti Sergey Mingazovni Rossiya Qurolli kuchlari haqida «siyosiy nafratga asoslangan feyklar» tarqatganlikda gumon qilib, uy qamog‘iga jo‘natdi. Bu haqda 27 aprel, shanba kuni RIA «Novosti» agentligi sud vakillariga tayanib xabar berdi.
Bir kun avval advokat Konstantin Bubon Facebook’da Sergey Mingazov qo‘lga olinishiga jurnalistning «Xabarovskaya Mingazeta» Telegram-kanalida Buchadagi voqealar haqidagi xabarni repost qilgani sabab bo‘lganini yozgan edi. Bubonning «RBK» internet-nashriga aytishicha, Mingazovning uyida tintuv o‘tkazilgan, «uning, xotini va bolalarining telefonlari va kompyuterlari olib qo‘yilgan».
Sergey Mingazov ilgari «Vedomosti» gazetasi bilan hamkorlik qilgan, shuningdek, TASS axborot agentligining Xabarovskdagi muxbiri bo‘lgan.
24 aprel kuni «OVD Info» inson huquqlari loyihasining ma’lum qilishicha, shu vaqtga qadar Rossiyada urushga qarshi ish bo‘yicha 902 nafar ayblanuvchi bo‘lgan, ulardan 261 nafari ozodlikdan mahrum qilingan va allaqachon tergov izolyatorlari, axloq tuzatish koloniyalari yoki majburiy davolanishda.
Mavzuga oid
15:41 / 16.04.2026
Forbes ko‘chmas mulk sektoridagi eng yirik investor nomini e’lon qildi
22:36 / 10.03.2026
Forbes milliarderlarning 2026 yilgi yangi reytingini e’lon qildi
22:14 / 04.02.2026
Ilon Maskning boyligi 800 milliard dollardan oshdi – Forbes
23:59 / 20.12.2025