«Asakabank» xususiylashtiriladi
Shavkat Mirziyoyevning Toshkent xalqaro investitsiya forumida ma’lum qilishicha, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan O‘zbekistonning yirik banklaridan biri bo‘lgan “Asakabank”ni xususiylashtirish bo‘yicha bitim imzolandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi. Ayni daqiqalarda yalpi sessiyada prezident nutq so‘zlamoqda.

Davlat rahbari bank-moliya sohasiga to‘xtalib o‘tdi. So‘nggi yillarda mamlakatda ko‘plab xususiy banklar ochildi. Bozorga Yevropaning yetakchi banklari kirib keldi. Qator raqamli banklar o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda.
Forum doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan O‘zbekistonning yirik banklaridan biri bo‘lgan “Asakabank”ni xususiylashtirish bo‘yicha bitim imzolandi.
Moliyaviy resurslarga talabni qondirish uchun kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha yondashuvlar qayta ko‘rib chiqilmoqda. O‘zbekistonda xalqaro moliyalashtirish instrumentlarini rivojlantirish ustida ish olib borilmoqda.
“Xorijiy sarmoyalar oqimi bir necha barobar ortishi, korporativ boshqaruv sifati oshishi, yangi yetakchi bank-moliya institutlari kirib kelishini kutib qolamiz”, - dedi prezident.
Mavzuga oid

08:05 / 22.04.2025
Birinchi chorakda qariyb 9 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirildi

15:39 / 18.04.2025
Fitch Ratings: O‘zbekistonning uchta davlat bankini xususiylashtirish yana kechiktirilishi mumkin

15:20 / 17.04.2025
Islomiy investitsiyalar potensiali – 4 trillion dollar. Unga ochilish uchun esa bizda ekotizim yo‘q - mutaxassislar

16:04 / 16.04.2025