Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaga 400 million dollarlik yangi harbiy yordamni ma’qulladi
Yordamning yangi paketiga Amerika harbiy omborlaridagi qurollar: Patriot tizimlari uchun raketalar, Stinger zenit-raketalari, tankka qarshi Javelin tizimlari, Bradley jangovar mashinalari kiradi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 400 million dollar miqdorida harbiy yordam ko‘rsatishni buyurdi, deya xabar berdi Oq uy.
«AQSh Konstitutsiyasi va qonunlari bilan prezident sifatidagi vakolatlarimdan foydalangan holda, Davlat kotibiga 400 mln dollar ajratish topshirig‘ini berdim. Bu mablag‘lar Mudofaa vazirligi xarajatlari, harbiy tayyorgarlik, shuningdek, Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun sarflanadi», deyiladi relizda.
Politico nashrining yozishicha, yordamning yangi paketiga Amerika harbiy omborlaridagi qurollar: Patriot tizimlari uchun raketalar, Stinger zenit-raketalari, tankka qarshi Javelin tizimlari, Bradley jangovar mashinalari kiradi.
24 aprel kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 61 milliard dollar miqdorida qo‘shimcha moliyaviy yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan qonun loyihasini imzolagan edi.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026