Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qahva narxi so‘nggi 45 yillikdagi rekordni yangiladi
Bunga Robusta qahvasining eng yirik ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Vetnamda hosilning yomonlashgani va ta’minot zanjiridagi uzilishlar sabab bo‘lgan.
Robusta qahvasining narxi 1979 yildan beri eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Bu haqda Xalqaro qahva tashkiloti hisobotida keltirib o‘tilgan.
Qayd etilishicha, aprel oyida asosiy bozorlardagi ulgurji narxlar 16,8 foizga oshib, bir kilogramm mahsulot uchun taxminan 4,27 dollarni tashkil etgan.
Narxning oshishiga Robusta qahvasining eng yirik ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Vetnamda hosilning yomonlashgani va ta’minot zanjiridagi uzilishlar ta’sir o‘tkazgan.
Bloomberg’ning xabar berishicha, global iqlim o‘zgarishi Osiyo mamlakatlari qishloq xo‘jaligida qurg‘oqchilikka olib kelgan. Fermerlar sug‘orish uchun suv tanqisligiga duch kelishmoqda.
Mavzuga oid
08:14 / 12.05.2026
Dunyoda eng ko‘p qahva qaysi davlatda yetishtiriladi?
07:36 / 06.04.2026
Infografika: qaysi mamlakat aholisi eng ko‘p qahva ichadi?
12:15 / 29.12.2025
Vingroup O‘zbekistonda shaharsozlik va turizm loyihalarini o‘rganmoqda
07:41 / 16.12.2025