Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida kadastr xodimi kaltaklandi
Murojaatni o‘rganish uchun borgan xodimga zo‘ravonlik qilindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida erkak va uning o‘g‘li xizmat vazifasini bajarayotgan kadastr xodimini kaltaklagani aks etgan video tarqalgach, Bosh prokuratura holat nazoratga olinganini ma’lum qildi.
«Bo‘stonliq tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan kadastr xodimiga qarshilik ko‘rsatgan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi Bosh prokuratura matbuot kotibi xabarida.
Kadastr agentligi matbuot kotibining Millar dasturiga ma’lumot berishicha, xodim voqea joyiga murojaatni o‘rganish uchun borgan. Murojaatchi qo‘shnisi o‘zboshimchalik bilan devor qurib, ichki yo‘lni to‘sib qo‘ygani haqida shikoyat qilgan.
Mavzuga oid
09:05
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
10:30 / 10.06.2026
Toshkent – vodiy yo‘lining bir qismida maksimal tezlik pasaytirildi
09:00 / 10.06.2026
Zangiotada yirik kumush savdosiga chek qo‘yildi
11:50 / 08.06.2026