“Humo” to‘lov tizimi operatori aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi – Davaktiv
Davlat aktivlarini boshqarish agetligi “Milliy banklararo protsessing markazi” (Humo) MChJ aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etilganini e’lon qildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Milliy banklararo protsessing markazi” (Humo to‘lov tizimi operatori) mas’uliyati cheklangan jamiyati aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etilganini ma’lum qildi. Bu to‘g‘risida Davaktiv agentligining tegishli buyrug‘i qabul qilingan va jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi 2024 yil 13 may kuni Davlat xizmatlari markazidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
“Hozirda “Milliy banklararo protsessing markazi” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini birlamchi chiqarish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda”, - deyiladi rasmiy xabarda.
Ma’lumot uchun, prezidentning 2023 yil 30 noyabrdagi 381-son qaroriga ko‘ra, 2024 yil 1 iyuldan boshlab to‘lov tizimi operatorlari faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilishi belgilangan.
OAVdagi xabarlarga ko‘ra, 2024 yil boshidan beri bir nechta to‘lov tizimlari, xususan, Click va Brio Group tuzilmasi aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tashkil etildi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida O‘zbekistonda yangi xususiylashtirish dasturi e’lon qilingandi. Undan Humo to‘lov tizimi bilan bir qatorda “O‘zavtosanoat” tarkibidagi o‘nlab korxonalar, issiqlik elektr stansiyalari, Toshkent metallurgiya zavodi, Silk Avia aviakompaniyasining xususiylashtirish rejalari o‘rin olgan. Bundan tashqari, NKMK, OKMK va boshqa bir qator yirik davlat korxonalari xorijiy va/yoki mahalliy fond bozorlarida IPO/SPO o‘tkazadi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya Rossiya bilan urush uchun bunkerlarni ommaviy tayyorlashni boshlaydi
Jahon | 18:20
-
Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilar vafot etdi
Jamiyat | 18:09
-
Germaniyada 14 nafar o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatildi
Jamiyat | 17:49
-
Braziliyada 17 yoshli qiz noma’lum muxlisi yuborgan shirinlikni yeb vafot etdi
Jahon | 17:24
Mavzuga oid

22:35 / 08.04.2025
Toshkentdagi «Matbuot uyi» investorga berilgani rad etildi

21:36 / 01.04.2025
“Kvars” davlat ixtiyoriga qaytarilganiga izoh berildi

12:27 / 01.04.2025
2 yil oldin sotilgan “Kvars” AJ yana davlat nazoratiga qaytdi

16:19 / 13.01.2025