Bayden Trampni teledebatga chaqirdi, sobiq prezident rozi bo‘ldi
Bayden avvalgi saylov debatida ikki marta g‘alaba qozonganini eslatdi, Tramp yangi debatni kattaroq auditoriya oldida o‘tkazishga chaqirdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden o‘zining siyosiy raqibi Donald Trampni prezidentlik saylovi oldidan teledebatga chorladi. Prezident tegishli videomurojaatni ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi.
«Donald Tramp 2020 yilda men bilan bahslarda ikki marta yutqazdi. Shundan beri u bahslarda qatnashmadi. Endi u o‘zini xuddi men bilan yana bahslashmoqchi bo‘lgandek tutyapti. Oshna, g‘alabamda menga ko‘maklashing. Hatto ikki marta bahslashishga ham tayyorman. Debat kunini tanlang, Donald», dedi Bayden.
Baydenning saylovoldi shtabi maktubida aytilishicha, prezident iyun va sentabr oylarida ikki raund debat o‘tkazishga tayyor.
Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida chaqiruvni qabul qilgani haqida xabar berdi.
«Ikki raunddan ko‘proq va yanada ishonchliroq bo‘lishi uchun kattaroq auditoriya oldida o‘tkazishni qat’iy tavsiya qilaman», dedi Tramp.
Bayden va Tramp o‘rtasidagi birinchi debat CNN telekanalida 27 iyun kuni o‘tkaziladi. Debatning ikkinchi bosqichi 10 sentabr kuni ABC telekanalida namoyish etiladi.
Mavzuga oid
00:38
AQSh Maxfiy xizmati «jiddiy kamchiliklarga» ega - mustaqil komissiya xulosasi
16:58 / 17.10.2024
Harris Baydenning davomchisi bo‘lmasligini aytdi
14:48 / 17.10.2024
Bolalikda videoo‘yin o‘ynaganlar ulg‘ayganda ko‘proq daromad topadi - tadqiqot
13:10 / 17.10.2024