Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Blue Origin koinotga sayyohlarni jo‘natishni qayta boshladi
Deyarli ikki yillik tanaffusdan so‘ng Jyeff Bezos kompaniyasi olti nafar sayyohni koinotga jo‘natdi.
Amerikalik milliarder Jyeff Bezosga tegishli Blue Origin kompaniyasi qariyb ikki yillik tanaffusdan so‘ng 19 may, yakshanba kuni olti nafar sayyohni koinotga jo‘natdi.
New Shepard raketasi va kapsulasi G‘arbiy Texasdan uchirilgani xabar qilingan. Kemada oltita mijoz bor: venchur kapitalist Meyson Enjyel, fransuz ishlab chiqaruvchisi Silven Shiron, dasturiy ta’minot muhandisi va tadbirkor Kennet L. Xess, iste’fodagi hisobchi Kerol Shaller, aviator Gopi Totakura va AQSh harbiy-havo kuchlarining iste’fodagi kapitani Ed Duayt. Duayt 1961 yilda prezident Jon Kennedi tomonidan mamlakatning birinchi qora tanli astronavtiga nomzod sifatida tanlangan. 90 yoshli Duayt koinotga sayohat qilgan eng keksa odamga aylandi.
Parvoz davomida kema soatiga 3200 kilometrdan ortiq tezlikka erishdi va Yerdan taxminan 100 kilometr balandlikka ko‘tarildi. Shunday qilib, kosmik sayohatchilar sayyoraga orbitadan qarash va vaznsizlikni boshdan kechirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Umuman olganda, parvoz 10 daqiqadan ozroq davom etdi va odatdagidek kechdi.
Jyeff Bezosning 2021 yilda koinotga parvozi
2021 yil iyul oyida milliarder Jyeff Bezos shaxsan Blue Origin kompaniyasining New Shepard raketasida koinotga uchdi. O‘shanda u bilan birga bortda uning akasi Mark, 82 yoshli uchuvchi Uolli Fank va 18 yoshli niderlandiyalik Oliver Demen bo‘lgan. Demen koinotga sayohat qilgan tarixdagi eng yosh odam bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:59 / 29.05.2026
Jyeff Bezosning Oyga uchadigan raketasi sinov parvozi oldidan portlab ketdi
11:55 / 25.05.2026
Toshkent viloyatida tog‘da jarohatlangan sayyoh qutqarildi
09:04 / 25.02.2026
O‘zbekiston 2026 yilda 12 mln xorijiy mehmonni qabul qilishni rejalashtirmoqda
16:04 / 21.02.2026