Jurnalist Sherzodxon Qudratxo‘ja 50 yoshni qarshiladi
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, Xalqaro press-klub asoschisi, O‘zbekiston Milliy media birlashmasi boshqaruv raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja 50 yoshini qarshi oldi. Professor jurnalistika sohasida faoliyat yuritayotgan minglab yoshlarning ustozi sanaladi.

Foto: AOKA
Siyosiy fanlar nomzodi, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja jurnalistik faoliyatini 30 yil oldin MTRKning “Axborot” dasturi direksiyasida tarjimon, muharrir va siyosiy sharhlovchi sifatida boshlagan.
Faoliyati davomida O‘zTV-4 telekanali direktori, Prezident apparati bosh konsultanti, bosh vazirning matbuot kotibi, O‘zbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri, Markaziy saylov komissiyasi a’zosi kabi qator mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2018 yildan buyon Jurnalistika universiteti rektori sifatida soha kadrlarini tayyorlashda katta hissa qo‘shib kelmoqda.
Professor Sherzodxon Qudratxo‘ja – “Oltin qalam” mukofoti laureati, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist.
Kun.uz o‘z kasbining ustasi, fidoyi jurnalist Sherzodxon Qudratxo‘jani qutlug‘ 50 yoshi bilan tabriklaydi. Ustozga uzoq umr, sihat-salomatlik, ijodiy barkamollik va kelgusidagi ezgu ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Afg‘oniston «Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘li bo‘yicha O‘zbekiston bilan shartnomani uzaytirdi
O‘zbekiston | 12:35
-
Bayram tugadi, endi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish kerak – Ermatov o‘smirlarni akalarining xatolarini takrorlamaslikka chaqirdi
Sport | 12:23
-
Hafta oxirida ayrim joylarda harorat +39 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston | 12:22
-
Turkiya tekstil kompaniyasi 700 mln dollarlik sud ishida O‘zbekistonga yutqazdi
O‘zbekiston | 12:15
Mavzuga oid

23:00 / 04.11.2024
“Afsus, vijdon issiqxonada o‘smaydi" - Sherzodxon Qudratxo‘janing posti e’tirozlarga sabab bo‘ldi

15:45 / 27.10.2024
"Toshkentdagi saylovchilar tushlikka yaqin faollashadi" - Sherzodxon Qudratxo‘ja

22:14 / 16.07.2024
“Qaysi vazirlik kerak-kerakmasligi askiya bilan hal qilinmaydi” - Sherzodxon Qudratxo‘ja

22:31 / 15.07.2024