Şerzodxon Qudratxöja Özbekiston Milliy media birlaşmasi boşqaruvi raisi lavozimidan ozod etildi.

Şerzodxon Qudratxöja mazkur lavozimda 2022 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi.

U ayni vaqtda 2018 yildan buyon Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori hisoblanadi.

Uning örniga Oliy Majlis Qonunçilik palatasi qömitasi a’zosi Odiljon Tojiyev Milliy media birlaşmasi boşqaruvi raisi etib saylangan.

Ma’lumot uçun, Özbekiston Milliy media birlaşmasi – 2003 yilda taşkil etilgan (öşa vaqtda Özbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi nomi bilan) va mamlakatning ommaviy axborot vositalarini birlaştirgan nodavlat notijorat taşkiloti bölib, media sanoatini rivojlantiriş, jurnalistlarni qöllab-quvvatlaş hamda turli ta’lim va kasbiy loyihalarni amalga oşiriş bilan şuğullanadi.