Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyada Rossiyadan sayyohlarning mamlakatga kelishiga taqiq kuchga kirdi
Qoida 29 maydan kuchga kirdi. Norvegiya rossiyaliklarga mamlakatga sayyohlik safarlarini ham, Rossiya Federatsiyasidan sayyohlarning Shengen hududidagi boshqa mamlakatlarga tranzitini ham taqiqladi.
29 may kuni rossiyalik sayyohlarning Norvegiyaga kirishiga taqiq amal qila boshladi. Bundan tashqari, rossiyaliklar uchun Norvegiya orqali boshqa Yevropa mamlakatlariga tranzit safarlari taqiqlangan. Oslodagi hukumat bu chorani o‘tgan hafta e’lon qildi.
Norvegiya rasmiylariga ko‘ra, taqiq talaba yoki ish vizasiga ega bo‘lgan rossiyaliklarga, chegarada rezidentlik guvohnomasi egalariga, Shengen mamlakatlarida yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lganlarga, shuningdek, Norvegiyaga qarindoshlarini ko‘rish uchun ketayotganlarga taalluqli emas.
Shu bilan birga, Norvegiya va Shengen zonasi mamlakatlari tomonidan berilgan ko‘p yillik turistik vizaga ega bo‘lgan rossiyaliklarga mamlakatga kirish taqiqlanishi mumkin.
2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganidan keyin Norvegiya rossiyaliklarga turistik vizalar berishni to‘xtatdi. Adliya vaziri Emili Enger aytganidek, Norvegiya hukumati Ukrainadagi urush davom etayotgan bir paytda «ruslar Norvegiya va boshqa Shengen mamlakatlariga shunchaki turist sifatida hech qanday sababsiz sayohat qilishlarini» istamaydi.
Mavzuga oid
08:16 / 09.06.2026
Norvegiya dunyodagi eng chuqur suvosti tunnelini qurmoqda
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
10:35 / 25.04.2026
Norvegiyada bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
08:40 / 23.03.2026