Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr Jizzaxda qand lavlagi yetishtirish va shakar ishlab chiqarishni boshlaydi
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Misr Arab Respublikasining “Oraskom Investment Xolding” tarkibiga kiruvchi Nile Sugar kompaniyasi rahbari Najib Saviris bilan video-konferens-aloqa shaklidagi muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Unda Jizzax viloyatida qand lavlagi yetishtirish va shakar ishlab chiqarish yuzasidan erishilgan kelishuv natijasida ushbu loyihani amaliyotga tatbiq etishning tashkiliy bosqichidagi amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

Muloqot davomida qand lavlagini yetishtirish, qayta ishlash va shakar mahsulotini ishlab chiqarish loyihasining muvaffaqiyatini ta’minlash va talab etilgan ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Muloqot yakunida amaliyotga joriy etilayotgan mazkur loyiha yuzasidan kelgusida qilinadigan ishlar ko‘lami belgilab olindi.
Mavzuga oid
12:15 / 26.02.2026
Jizzaxda «Yangi Jizzax» shaharchasi barpo etiladi
10:21 / 26.02.2026
Misrda vafot etgan o‘zbekistonlik fuqaroning jasadi vatanga qaytarildi
08:25 / 26.02.2026
Jizzaxda ta’lim tizimi rahbari pora bilan qo‘lga tushdi
12:40 / 24.02.2026