11:05 / 04.06.2024
4110

Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda Nexia-3 mashinasi yonib ketdi

Hodisada hech kim jarohatlanmagan va o‘lim holatlari yuz bermagan.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

Termiz shahrida uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Termiz shahrining At-Termiziy va A.Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahada Matiz, Nexia-3 hamda Cobalt mashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

YTHda hech kim jarohatlanmagan va o‘lim holatlari yuz bermagan. Faqat Nexia-3da yong‘in sodir bo‘lgan va mashina yonib ketgan.

Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan qo‘shimcha tergov ishlari olib borilmoqda.

Top