O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlariga hujjatlar qabuli boshlandi
Bugundan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari 2024-2025 o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlar qabul qilishni boshladi.
Oliy o‘quv yurtlariga qabulning yangi tizimiga ko‘ra, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishi va test fanlarini tanlashi, shundan so‘ng o‘qish yo‘nalishi va shakllari to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi.
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 25 iyungacha my.uzbmb.uz saytidagi «Oliy va kasb-hunar ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish» bo‘limi orqali amalga oshiriladi.
Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmalarini joylashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni tasdiqlagan edi.
Mavzuga oid
17:33 / 19.09.2024
Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun 10 mingta qo‘shimcha kvota tasdiqlandi – shartlar qanday?
15:20 / 19.09.2024
“Yuridik universitetga 4 ball yetmadi, shunda ham 317 mln so‘m to‘lashim kerak ekan” - Super kontraktda nima o‘zgardi?
08:30 / 06.09.2024
Superkontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi
15:45 / 19.08.2024