Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temiryo‘li qurilishi bo‘yicha bitim imzolandi
Shavkat Mirziyoyev bu temiryo‘l Xitoyni Markaziy Osiyo bilan bog‘lovchi eng qisqa quruqlik yo‘liga aylanishini ta’kidladi. “Kelgusida bu yo‘l mamlakatlarimizga istiqbolli Transafg‘on yo‘lagi orqali Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlarining keng bozorlariga chiqish imkonini beradi”, dedi prezident.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun, 6 iyun kuni Xitoy poytaxti Pekin shahrida “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temiryo‘li qurilishi bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbir ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi.
“Mazkur temiryo‘l Xitoyni mintaqamiz bilan bog‘lovchi eng qisqa quruqlik yo‘liga aylanadi. Kelgusida ushbu yo‘l bizning mamlakatlarimizga istiqbolli Transafg‘on yo‘lagi orqali Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlarining keng bozorlariga chiqish imkonini beradi”, dedi prezident.

Bitimning imzolanish marosimi munosabati bilan Xitoy rahbari Si Jinping va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ham murojaat yo‘llagan.
Bitimga muvofiq, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temiryo‘li Qashg‘ar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon yo‘nalishi bo‘ylab o‘tadi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, yuk tashish yillik hajmi 15 million tonnagacha yetishi mumkin, tovarlarni yakuniy iste’molchilarga yetkazish muddati esa 7 kunga qisqaradi. Bundan tashqari, zamonaviy tranzit va logistika infratuzilmasi, omborxonalar va terminallar yaratiladi.
Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temiryo‘li qurilishi joriy yil oktyabr oyida boshlanishini aytgandi.
Mavzuga oid
13:31
Shavkat Mirziyoyev: Markaziy Osiyo - tinchlik va yaxshi qo‘shnichilik makoni
18:03 / 11.12.2025
Qirg‘iziston o‘lim jazosini qaytarmaydi – Konstitutsiyaviy sud buni taqiqladi
18:30 / 08.12.2025
O‘zbekiston Qirg‘izistonning «Qambar Ota-1» GES qurilishini moliyalashtiradi
18:15 / 06.12.2025