Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston olimpiya jamoasi Mali bilan durang o‘ynadi
Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston va Mali olimpiya jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.
Toshkentda o‘tgan uchrashuvda Temur Kapadze ikkita tarkibni sinovdan o‘tkazdi. 23-daqiqada Otabek Jo‘raqo‘ziyevning uzatmasidan keyin Alisher Odilov hisobni ochgan bo‘lsa, 62-daqiqada Bubakar Traore kuchli zarbasi bilan Abdunabiyev qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol etib, farqni tenglashtirdi – 1:1.
Ushbu jamoalarning navbatdagi bahsi 10 iyun kuni ham «Bunyodkor» stadionida o‘tkaziladi.
O‘rtoqlik o‘yini. 7 iyun (juma)
O‘zbekiston U23 – Mali U23 – 1:1
Hakam: Firdavs Norsafarov
Gollar: Alisher Odilov 23 – Traore Bubakar 62.
O‘zbekiston (1-bo‘lim): 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 6.Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 10.Jasur Jaloliddinov, 11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 15.Umarali Rahmonaliyev, 18.Alibek Davronov, 19.Husayn Norchayev, 22.Alisher Odilov, 23.Abdurauf Bo‘riyev.
O‘zbekiston (2-bo‘lim):: 21.Hamidullo Abdunabiyev, 3.Zafarmurod Abdurahmatov (24.Sherzod Esanov, 70), 4.Odilbek Abdumajidov (26.Islombek Mamatkazin, 74), 7.Behro‘z Asqarov, 8.Ibrohim Ibragimov, 9.Ulug‘bek Hoshimov, 13.Ahmadullo Muqimjonov, 14.Farhod Sohibjonov, 16.Asadbek Rahimjonov, 17.Murod Rahmatov, 20.Ruslan Jiyanov.
Mali U23: 1.Umar Kulibali, 2.Fod Dukure, 3.Diallo Hamidu, 4.Tunkara Mamadu, 6.Sako Koli, 8.Traore Bubakar, 10.Mamadu Sangare (18.Diakit Musa, 79), 12.Yusuf Bemba (19.Muhammadu Lamin, 79), 17.Ahmad Diomande, 20.Samak Uilson (11.Yusuf, 60), 21.Traore Fily (14.Diarra, 60).
Mavzuga oid
19:06 / 07.06.2026
Sahroyi Kabirda yuk mashina buzilib qolib, 50 ga yaqin kishi halok bo‘ldi
10:59 / 09.05.2026
Urush ichidagi davlat: Malida nimalar bo‘lmoqda?
18:47 / 27.04.2026
Malida janglar. Mudofaa vaziri o‘ldirildi, ruslar bir shaharni tashlab chiqqani aytilmoqda
17:38 / 26.04.2026