O‘zbekiston | 09:47 / 11.06.2024
3445
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan va Qashqadaryo bojxona boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi 

Namangan va Qashqadaryo viloyatlari bojxona boshqarmasi boshliqlari o‘zgardi.

Umidjon Qodirov Foto: Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati

Umidjon Qodirov Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Umidjon Qodirov 1983 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2006 yildan buyon bojxona tizimida turli vazifalarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2022 yildan mazkur tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi. Bojxona xizmati podpolkovnigi unvoniga ega.

Jasurbek Fayzullayev Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Jasurbek Fayzullayev

Jasurbek Fayzullayev 1982 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan.Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2006 yildan buyon Bojxona tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Tayinlovga bag‘ishlangan yig‘ilishda Qashqadaryo viloyati Bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Zafar Turdaliyev boshqa lavozimga kuzatib qo‘yilgan.

Bundan oldin Farg‘ona va Surxondaryo bojxona boshqarmasi boshliqlari o‘zgargandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid