08:02 / 17.06.2024
10755

O‘zganing mashinasini olib qochgan o‘ta xavfli retsidivist 15 yilga qamaldi

Termiz shahrida transport vositasini olib qochishda ayblangan shaxs 15 yil muddatda ozodlikdan mahrum etildi. 

Foto: Videodan kadr

Oliy sud xabariga ko‘ra, 1975 yilda tug‘ilgan shaxs muqaddam bir necha marotaba sudlangan bo‘lishiga qaramasdan, mast holatda haydovchi tomonidan ochiq qoldirilgan mashinani olib qochgan. 

Ish hujjatlarida aytilishicha, fuqaro olib qochilgan Matiz mashinasida YTHga uchragan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudining hukmiga muvofiq Jinoyat kodeksining 267-moddasida (transport vositasini olib qochish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan o‘ta xavfli retsidivist 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Top