Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada qozog‘istonlik muxolifatchi jurnalistga suiqasd qilindi
Aydos Sodiqovning ahvoli og‘ir ekani ma’lum qilindi. Kiyev shahri prokuraturasi qasddan odam o‘ldirishga suiqasd moddasi bo‘yicha tergov jarayonini boshladi.
Ukraina poytaxti Kiyev shahrida qozog‘istonlik jurnalist Aydos Sodiqov hayotiga suiqasd uyushtirildi, uning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
Ukraina Bosh prokuraturasi jabrlanuvchining qochqin maqomiga ega ekani va rafiqasi bilan Ukrainada yashayotgani haqida ma’lumot berdi.
Qayd qilinishicha, noma’lum shaxs avtomobilda o‘tirgan Sodiqovga qarata o‘q uzgan, shundan so‘ng g‘oyib bo‘lgan. Uning yonida bo‘lgan rafiqasiga jarohat yetkazilmagan. Sodiqov og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.
Kiyev shahri prokuraturasi qasddan odam o‘ldirishga suiqasd bo‘yicha (Jinoyat Kodeksining 15-moddasi 2-qismi, 115-moddasi 1-qismi) bo‘yicha sudgacha tergov jarayonini boshlagan.
Aydos Sodiqov bir necha bor Qozog‘iston hukumatini tanqid qilgani, shuningdek, 2022 yil yanvaridagi namoyishlarni qo‘llab-quvvatlagani, shuningdek, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevni rossiyaparastlikda ayblagan keskin tanqidlari bilan tanilgan.
U 2014 yilda qochqin maqomini olgan va Ukrainaga oilasi bilan ko‘chib o‘tgan.
Mavzuga oid
11:35 / 21.06.2026
Kapotnyadagi zavodga zarba oqibatlari. Kosmosdan ko‘rinish
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026