Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
Chilonzor va Sergeli tumanlarida xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda prokuratura departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentining Chilonzor tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.A. fuqaro Sh.Sh.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Turkiya davlati orqali aylanma yo‘llar bilan Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishi evaziga 334 mln so‘mi olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Sergeli tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro V.G. fuqaro A.Yu.ni tanishlari yordamida Polsha davlatiga ishga yuborishi evaziga 550 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
12:31 / 03.03.2026
1 mlrd so‘mlik tabiiy qumni o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi
11:13 / 02.03.2026
9 ming dollar talab qilgan prokuratura xodimi ushlandi
09:30 / 26.02.2026