500 ming kishiga AQSh pasporti beriladi. Baydenning farmoni kimlarga tegishli?
Amerika fuqarolarining hujjatsiz turmush o‘rtoqlari mamlakatda doimiy yashash huquqini oladigan bo‘ldi. “Amerika ovozi” muxbiri Navbahor Imomovaning Kun.uz bilan suhbatda aytishicha, farmon Amerikada oila qurib, farzandli va hatto nevarali bo‘lib ham o‘nlab yillardan beri hujjatsiz yurgan yuz minglab insonlarga taalluqli bo‘ladi.

AQSh prezidenti Jo Bayden yaqindagina Amerika chegaralari orqali muhojirlardan qabul qilinadigan Qo‘shma Shtatlarga kirish so‘rovlari sonini kuniga maksimal 2500 ta deb cheklab qo‘ygan edi. Lekin o‘tgan hafta prezident mamlakat ichidagi muhojirlar uchun muhim yangiligini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Amerika fuqarolarining xat-hujjatsiz yurgan turmush o‘rtoqlari endi AQShda doimiy yashash, rezident bo‘lish va shu asosda keyinroq AQSh fuqaroligini olish uchun ariza topshirishi mumkin. Lekin bu hamma uchun emas. Bunday muhojirlar 17 iyun holatiga Amerikada kamida 10 yil yashagan bo‘lishi lozim.
Dastur Oq uyda, 18 iyun kuni sobiq prezident Barak Obamaning migrant bolalarni himoya qilish bo‘yicha DACA dasturi 12 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda e’lon qilindi. Baydenga ko‘ra, uzoq yillar Amerikada yashab, davlat qonun-qoidalarini buzmagan, iqtisodiyotga foyda keltirgan migrantlar endi bunday imkoniyatdan foydalanishga haqli.
“Amerika ovozi” muxbiri Navbahor Imamovaning Kun.uz bilan suhbatda aytishicha, AQSh prezidentining farmoni uzoq yillardan beri AQShda yashab kelayotgan, farzandlari va hatto nevaralari ham shu yerda tug‘ilgani uchun Amerika pasportini olgan bo‘lsa-da, o‘zlari pasporsiz yashab kelgan shaxslarga taalluqli.
“Prezident Bayden bir tomondan tashqaridan Amerikaga kirmoqchi bo‘lganlarni kamaytirishga urinayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan ichkaridagilarning “boshini silamoqchi”. Lekin rasmiylarga ko‘ra, buni umumiy qabul qilmaslik kerak: nikoh 2024 yilning 17 iyuniga qadar qayd etilgan bo‘lishi lozim. Agar undan keyin bo‘lsa, demak dastur bunday muhojirlarga amal qilmaydi. Prezident Bayden arizachilarning hujjatlarini ko‘rib chiqishni taklif qilyapti”, – deydi Imamova.
Dastur bo‘yicha nomzodlardan arizalar qabul qilish hali boshlanmagan. Huquqiy muammolar hal etilgach, immigrantlar ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi.
Kuzatuvchilar bu yangilikni Baydenning saylovoldi kampaniyasining bir qismi deb hisoblamoqda. Respublikachilar esa bu tashabbusni sovuqqonlik bilan qabul qilgan.
Shohrux Majidov suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:40
-
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT
Jahon | 23:02
-
Florida gubernatori namoyishchilarni avtomobilda urib yuborish mumkinligini aytdi
Jahon | 23:01
-
Yangi Toshkentda «Peterburg mahallasi» bo‘ladi
O‘zbekiston | 22:28
Mavzuga oid

23:40
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi

23:01
Florida gubernatori namoyishchilarni avtomobilda urib yuborish mumkinligini aytdi

12:40
Tramp: AQSh Xitoy bilan nodir metallar bo‘yicha shartnoma tuzdi

10:20