Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Yevropa Ittifoqining 81 ta ommaviy axborot vositasi bloklandi
Avvalroq, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning bir necha nashrlarini targ‘ibotda ayblab, taqiqlagan edi. Rossiya bunga javoban Yevropa nashrlariga nisbatan cheklovlar joriy qildi.
Rossiya Yevropa Ittifoqining o‘nlab ommaviy axborot vositalariga internet orqali kirish imkoniyatini chekladi. Ro‘yxatga 81 ta nashr va agentlik kiritilgan. Ular orasida Agence France-Presse, Politico, La Stampa, La Repubblica, El Pais, El Mundo, Der Spiegel va boshqalar bor.
Avvalroq, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning «RIA Novosti», «Izvestiya» va «Rossiyskaya gazeta» nashrlarini targ‘ibotda ayblab, taqiqlagan edi. Rossiya bunga javoban Yevropa nashrlariga nisbatan cheklovlar joriy qilgani ta’kidlanmoqda.
«Rossiya tomoni rossiyalik jurnalistlarni siyosiy sabablarga ko‘ra ta’qib qilish va Rossiya ommaviy axborot vositalariga Yevropa Ittifoqi hududida asossiz taqiqlar qo‘yish e’tibordan chetda qolmasligi haqida bir necha bor ogohlantirgan», deyiladi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi saytida.
Ro‘yxatga 25 davlatning nashrlari kiritilgan. Ular orasida Germaniyaning Die Zeit jurnali, Polshaning Belsat telekanali, Fransiyaning Le Monde va Liberation gazetalari, Eurobserver internet nashri, Shvetsiyaning SVT teleradiokompaniyasi bor. TIV qo‘shimcha qilishicha, agar Rossiya ommaviy axborot vositalariga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlansa, Rossiya tomoni ham «ushbu media operatorlariga nisbatan o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqadi».
Mavzuga oid
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
09:45 / 18.06.2026
Yevropa Ittifoqi noqonuniy migrantlarga qarshi choralarni kuchaytirmoqda
11:05 / 16.06.2026
Kallas: g‘arb sanksiyalari Rossiyaga 1,3 trln yevroga tushdi
23:16 / 12.06.2026