Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiya tashabbusi: Ukrainaga snaryadlarning birinchi partiyasi yetib bordi
Chexiya tashabbusi bilan Yevropadan tashqarida Kiyev uchun sotib olingan 155 millimetrlik snaryadlarning birinchi partiyasi Ukrainaga bir muddat avval yetib bordi, dedi Chexiya bosh vaziri Petr Fiala.
Ukraina qurolli kuchlariga Chexiya tashabbusi doirasida taqdim etilgan o‘q-dorilarning birinchi partiyasi Ukrainaga yetkazildi. Chexiya bosh vaziri Petr Fiala 25 iyun, seshanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda snaryadlar Ukrainaga «bir muddat oldin» kelganini aytdi.
«Biz zarur bo‘lgan barcha kerakli ishni qilyapmiz», deb qo‘shimcha qildi Fiala.
Fiala avvalroq iyun oyiga mo‘ljallangan yetkazib berish hajmi bir necha o‘n minglab o‘q-dorilarni tashkil etishi haqida xabar bergan edi. Chexiya hukumatining Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha maxsus vakili Tomash Kopechniyning so‘zlariga ko‘ra, may oyi oxiriga kelib, Praga Yevropadan tashqarida xarid qilishni boshlagan 800 mingta artilleriya o‘q-dorilarining dastlabki 500 mingtasi uchun taxminan 1,7 milliard yevro yig‘ilgan.
Chexiya mudofaa vaziri Yana Chernoxovaning bayonotiga ko‘ra, iyun oyi o‘rtalarida 18 ta davlat tashabbusga qo‘shilgan.
Mavzuga oid
11:35
Kapotnyadagi zavodga zarba oqibatlari. Kosmosdan ko‘rinish
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026