Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 11:05 / 27.06.2024
9406
1 daqiqa o‘qiladi
Shavkat Mirziyoyev Jizzaxga tashrif buyuradi
Davlat rahbari Zominda II Xalqaro maqom san’ati festivali tantanali ochilishida ishtirok etadi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, prezident yirik sanoat obektlari bilan tanishadi, yangi loyihalarga start beradi.
Shuningdek, davlat rahbari Zomin tumanida II Xalqaro maqom san’ati festivalining tantanali ochilishida ishtirok etadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish