Litva «Oxmatdet» klinikasini tiklash uchun million yevro ajratdi
Rossiya armiyasi amalga oshirgan raketa zarbasi oqibatida Ukrainadagi eng katta bolalar kasalxonasi bir qismi vayronaga aylangandi.
Litva Kiyevdagi «Oxmatdet» bolalar kasalxonasi va Rossiya raketa zarbalari oqibatida vayron bo‘lgan boshqa klinikalarni tiklash uchun Ukrainaga 1 million yevro o‘tkazib berdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Ingrid Shimonite e’lon qildi.
«Terrorchi davlatni to‘xtatishning yagona yo‘li Ukrainani g‘alaba uchun qo‘llab-quvvatlash. Ukrainani tiklashning eng adolatli yo‘li esa agressorni qilgan ishlari uchun tovon to‘lashga majbur qilish», dedi Litva bosh vaziri bu yordam puli haqida e’lon qilar ekan.
Ma’lumot uchun, 8 iyul kuni Rossiya armiyasi Ukraina bo‘ylab navbatdagi seriyali raketa zarbalari yo‘lladi. Raketalardan biri Kiyevdagi «Oxmatdet» bolalar kasalxonasiga tushgandi. Ukraina xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, Rossiya kasalxonaga X-101 raketasi bilan hujum qilgan. Idora raketa parchalarini ham ko‘rsatgandi.
Shuningdek, o‘sha kungi zarbalari vaqtida raketalardan biri «Isida» nomli tug‘uruqxonaga tushgan va ukrain nashrlariga ko‘ra yetti kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
14:10
NYT: Rossiya-Ukraina urushi boshi berk ko‘chadan chiqdi
18:15 / 02.11.2024
Ramzon Qodirov Ukraina jangchilarini tiriklayin asirga olmaslik haqidagi buyrug‘ini bekor qildi
10:30 / 02.11.2024
AQSh Ukrainaga 425 mln dollarlik yangi yordam paketini taqdim etmoqda
08:40 / 02.11.2024