O‘zbekiston | 18:32 / 24.07.2024
66777
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zgidromet o‘ta issiq ob-havo sharoiti haqida ogohlantirdi

Aksariyat hududlarda havo harorati 43 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Foto: O‘zgidromet

25-29 iyul kunlari O‘zbekistonda juda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari, respublikaning qolgan hududlarida havo harorati kunduzi 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 44-45 darajagacha ko‘tariladi.

Ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha bo‘lishi kutilmoqda, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Mavzuga oid