Kremldagilar Rossiyada tug‘ilish bilan bog‘liq holat halokatli ekanini ta’kidlashdi
Kreml iqtisodiy silkinishlar va urush Rossiyada demografiyaga jiddiy ta’sir o‘tkazganini tan olmoqda. Tug‘ilish koeffitsiyenti rekord darajada past -1,4.

Foto: Yamal Media
Bu esa millatning kelajagi uchun halokatli, degan Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov. «Biz dunyoning eng katta davlatida yashaymiz. Biroq yildan yilga kamaymoqdamiz», — degan Peskov.
Rossiya yaqin 75 yil ichida yiligi 300-600 ming kishiga kamayib boraveradi hamda XXI asr oxiriga kelib, oxirgi 135 yil ichida mamlakat aholisi eng past darajaga tushadi, deya pronoz qilmoqda BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti. BMT demograflarining baholashlaricha, Rossiyaning aholisi hozirgi 145,2 mlndan 2035 yilda 140 mlnga, 2050 yilda 136,2 mlnga, 2075 yilda esa 128,64 mlngacha qisqaradi .
2100 yilga borib Rossiya aholisi bazaviy ssenariyda 126,43 mln kishigacha tugadi, bu esa 1965 yildan buyon eng past ko‘rsatkich bo‘ladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning o‘rta asrlardagi kabi 8 tadan farzand dunyoga keltirish haqidagi chaqiriqlariga qaramasdan, BMT prognoziga ko‘ra, Rossiyada yaqin yillarda tug‘ilish darajasi kamayyapti: agar 2023 yilda 1,297 mln chaqaloq dunyoga kelgan bo‘lsa, 2030 yilga borib bu ko‘rsatkich 1,186 mlngacha tushadi. Natijada Rossiya yaqin 50 yil ichida aholining tabiiy kamayishi hisobiga yiliga 500-700 ming aholisidan ayrila boshlaydi va faqat 2080-90 yillarga borib bu sur’atlar yiliga 300-400 ming kishigacha pasayadi. Ahvol bu tarzda davom etadigan bo‘lsa, 2100 yilga borib o‘lim darajasining tug‘ilish darajasidan ortiqligi natijasida mamlakat 40 mln aholisidan ayrilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
Mavzuga oid

15:21 / 17.03.2025
Rossiya Ukrainaga g‘arb tinchlikparvar kuchlari kelishiga yana qarshi chiqdi

21:59 / 15.03.2025
Zelenskiy Kursk oblastida janglar davom etayotganini aytdi

18:18 / 15.03.2025
Uitkoff Putin bilan uchrashish uchun 8 soat kutgani aytildi

14:34 / 15.03.2025