AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
O‘zbekistonlik Jamoliddin Tohirov AQShda yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. U boshqarayotgan fura ichki beton to‘siqqa borib urilgan. Halokat yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.
22 iyul ertalabki 8:30 atrofida AQShda ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Buning natijasida 38 yashar o‘zbekistonlik Jamoliddin Tohirov vafot etgan.
Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, Jamoliddin Tohirov boshqarayotgan 18 g‘ildirakli 2022 Freightliner rusumli fura ichki beton to‘siqqa urilgan va qarama-qarshi yo‘nalishdagi barcha yo‘laklardan o‘tib, tashqi himoya panjarasini ham yorib o‘tgan. Haydovchi voqea joyida vafot etgan. Halokat yuzasidan tergov ishlari davom ettirilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, avtohalokat sodir bo‘lgan kuni kuchli yomg‘ir yog‘ayotgan bo‘lgan. Marhum Florida shtatining Orlando shahrida yashagan.
Ma’lumot uchun, Amerikaga borgan o‘zbeklarimizning ko‘pchiligi katta hajmli yuk mashinalarida (track) haydovchilik qiladi. Lekin bu – amerikaliklarning o‘zi ishlashni xohlamaydigan eng og‘ir sohalardan biri. Chunki ularning o‘lchami katta va to‘xtash yoki tezkor manyovr qilish yengil avtomobillarga nisbatan sekinroq va ko‘proq joy talab qiladi. Yuqori kabina va uzun kuzov tufayli atrofdagi transport vositalari va piyodalarni ko‘rishda qiyinchiliklarga duch kelish mumkin. Bu esa xavfni oshiradi.
Mavzuga oid
18:33 / 17.09.2024
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida muhim minerallar bo‘yicha memorandum imzolandi
14:10 / 17.09.2024
AQSh Gurjistonda «demokratiyaga putur yetkazilgani» uchun sanksiyalar kiritdi
22:54 / 16.09.2024
Eron prezidenti o‘z mamlakati yadro quroli yaratish niyati yo‘qligini aytdi
19:53 / 16.09.2024