Samarqandda kitobxon sudyalar taqdirlandi
Samarqand viloyat sudi hamda viloyat Ma’muriy sudi tizimida “Kitob – ma’naviyat ko‘zgusi” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda viloyatdagi barcha sudya va sud xodimlari ishtirok etdi.
Keyinchalik doimiy tus berilishi mo‘ljallanayotgan tanlovning dastlabki bosqichida sudyalar va sud xodimlariga jahon va o‘zbek adabiyoti durdonalari bo‘lmish turli janrlardagi 10 ta kitob tanlab, o‘qish tavsiya qilindi. Bir oy davomida kitobxonlik mavzusida seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazib borildi.
Belgilangan muddatda tuman-shahar va tumanlararo sudlar jamoalari navbati bilan tanlovda ishtirok etdilar. Tanlov ishchi guruhiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi xodimlari, adabiyotshunos olimlar jalb etildi.
Ta’kidlash kerakki, tanlovlar yuqori saviyada o‘tdi. Sudyalar ham, sud xodimlari ham katta ishtiyoq kitoblarni o‘qigani, mazmun-mohiyatini anglab yetgani sezilib turdi, chunki savollar 10 asar asosida yetarli darajada murakkab tuzilgan edi.
Tanlovda Past Darg‘om tumanlararo iqtisodiy sudi Luqmonboy Asatov birinchi o‘ringa, Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Navbahor Tursunova ikkinchi o‘ringa va Samarqand viloyat ma’muriy sudi Umidjon Maxammadiyev uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. G‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.
JIB Kattaqo‘rg‘on shahar sudi devonxona mudiri Otabek Majidov, FIB Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudi raisi Zafar Ravshanov, Samarkand shahar iqtisodiy sudi sudya yordamchisi Muhammadi Uzoqov, Samarqand viloyat ma’muriy sudi sudya yordamchisi Sitora Sadriddinzoda rag‘batlanttiruvchi mukofotlarga loyiq ko‘rildi. Ularga yozuvchi, shoir, jurnalist Farmon Toshevning yaqinda chop etilgan 4 jildlik Saylanma asarlari to‘plami taqdim etildi.
JIB Kattaqo‘rg‘on tuman sudi, Ishtixon tumanlararo iqtisodiy sudi va Samarqand viloyat Ma’muriy sudi jamoalari tanlovda yuqori tayyorgarlik va yuksak saviyada qatnashganligi sababli, “Eng kitobxon jamoalar” deb e’tirof etildi.
Kitobxonlik tanlovi muntazam o‘tkazib borishga kelishildi. Keyingi bosqich sentabr oyida boshlanib, jahon adabiyoti va o‘zbek adabiyotining oltin fondidan joy olgan 10 ortiq asarlar tanlab olinadi. Kelgusi yilning fevral oyida tanlovlar bo‘lishi belgilandi.
Sh.Shokirjonov
Mavzuga oid
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
08:51 / 20.11.2024
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024