Jahon | 22:45 / 30.07.2024
25343
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil armiyasi Livan poytaxtiga zarba berdi

Zarba nishoni «Hizbulloh» guruhi qo‘mondonlaridan biri bo‘lgan.

Foto: Twitter/@lorienttoday

Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) Livan poytaxti Bayrut shahriga havo hujumi uyushtirdi. Bu haqda TsAHAL bayonotida aytiladi.

Ta’kidlanishicha, zarba nishoni Jo‘lan tepaliklariga raketa hujumini uyushtirgan «Hizbulloh» guruhi qo‘mondonlaridan biri bo‘lgan. Zarbaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.

Bayrut hujumi haqida xabar berilganidan ko‘p o‘tmay, Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant «Hizbulloh» «qizil chiziqni kesib o‘tgani» haqida bayonot berdi.

27 iyul kuni Isroil tomonidan nazorat qilinadigan Jo‘lan tepaliklari o‘qqa tutilishi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan, yana o‘ttiz nafar odam jarohatlangan edi.

Isroillik harbiylar hujumda Livandagi shialarning harbiylashgan «Hizbulloh» harakatini aybladi va javob zarbasi berilishidan ogohlantirdi.

Mavzuga oid