Eronda yangi prezidentning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi
Mas’ud Pezeshkiyon Tehronda qasamyod qildi. U Eronda o‘tgan prezidentlik saylovlarida o‘zidan oldingi prezident Ibrohim Raisiy vafotidan keyin g‘alaba qozondi.
30 iyul, seshanba kuni Tehrondagi Eron parlamenti binosida mamlakat saylangan prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Eron manbalariga ko‘ra, marosimda 80 dan ortiq davlatdan yuqori martabali mehmonlar ishtirok etgan. Aksariyat G‘arb davlatlari Pezeshkiyonni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklamadi va inauguratsiya marosimida qatnashmadi.
Eronda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari
Mas’ud Pezeshkiyon o‘zidan oldingi prezident Ibrohim Raisiy aviahalokatda halok bo‘lgani sababli o‘tkazilgan navbatdan tashqari saylovlardan so‘ng prezident bo‘ldi. Islohotchilar nomzodi, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Pezeshkiyon umumiy ovozlarning 53,6 foizini qo‘lga kiritdi. Konservator Said Jaliliy 44,3 foiz ovoz oldi.
Saylovoldi kampaniyasi davomida Pezeshkiyon mamlakatda o‘zgarishlarni amalga oshirish va Eronni xalqaro izolyatsiyadan chiqarish niyatida ekanligini bir necha bor takrorlagan. Bunga erishish uchun u yangi tashqi siyosatni va’da qildi. U AQSh bilan munosabatlarni yaxshilash va ayollar erkinligi tarafdori. Shu bilan birga, Pezeshkiyon Eronda so‘nggi so‘zni aytadigan Eronning oliy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiyga sodiqligini ta’kidlaydi.
Tashqi siyosatning ayrim jabhalarida yangi prezident o‘zidan oldingi prezident yo‘nalishini saqlab qoladi. Pezeshkiyon saylovoldi tashviqoti davomida Eronning aprel oyida Isroilga raketa va uchuvchisiz uchoqlar bilan bergan zarbasini qo‘llab-quvvatlagan. Isroilning HAMAS harakatiga qarshi urushida yangi prezident hamaschilar tomonida. U HAMAS harakatini yanada qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.
Mavzuga oid
19:45 / 22.11.2024
Norvegiyada AQSh elchixonasi qo‘riqchisi josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi
08:39 / 22.11.2024
AEXA rahbari Eron yadro dasturi bo‘yicha hisobot tayyorlaydi
23:14 / 19.11.2024
Eron uranni boyitishni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi - OAV
21:44 / 19.11.2024