O‘zbekiston | 17:04 / 31.07.2024
8260
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda nosozlik sabab attraksion daraxtga urildi, 1 kishining oyog‘i sindi

Yana 3 kishi turli darajada yengil jarohat olgan.

Foto: Videodan kadr

Namangan viloyati Chust tumanidagi Chust bog‘ida 30 iyul kuni attraksionda texnik nosozlik yuz berdi. Bu haqda Chust tumani hokimligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, attraksionlardan birini boshqarish davomida texnik nosozlik sabab attraksion daraxtga borib urilgan. Buning oqibatida 3 kishi yengil tan jarohati olgan. Bir kishi oyoq son suyagi sinishi natijasiga shifoxonaga olib ketilgan.

Hokimlik bemorlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, o‘sha kunning o‘zida uylariga ruxsat berilgani haqida ma’lum qilgan.

Shuningdek, bemorlarning hech biri shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizilmagani qayd etilgan.

Holat yuzasidan tegishli tashkilot xodimlari o‘rganish olib borilmoqda, deyiladi hokimlik xabarida.

Mavzuga oid