Budjet taqchilligining oshishi sekinlashdi
Iyul oyida davlat budjeti defitsiti 2,5 trln so‘mni tashkil etdi. Bu joriy yil boshidan buyon qayd etilgan daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi eng kam oylik tafovut. Yil boshidan beri umumiy taqchillik 36,5 trln so‘mga yetgan.
Joriy yilning 7 oyida davlat budjeti daromadlari 137,6 trln so‘m, xarajatlari esa 174,1 trln so‘mni tashkil etib, taqchillik 36,5 trln so‘mga yetgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik ochiqlagan ma’lumotlarga ko‘ra:
- yanvar oyida davlat budjeti daromadlari – 16 trln 159,9 mlrd so‘mni, xarajatlari esa – 21 trln 926,7 mlrd so‘mni tashkil etgan. Budjet daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi farq 5 trln 766,8 mlrd so‘m.
- fevral oyida davlat budjeti daromadlari – 16 trln 908,9 mlrd so‘m, xarajatlari esa – 24 trln 137,1 mlrd so‘m bo‘lgan. Salbiy farq – 7 trln 228,1 mlrd so‘m;
- mart oyida davlat budjeti daromadlari – 17 trln 457,2 mlrd so‘m, xarajatlari esa 24 trln 307,1 mlrd so‘m bo‘lgan. Salbiy farq – 6 trln 850 mlrd so‘m;
- aprel oyida davlat budjeti daromadlari – 19 trln 286,1 mlrd so‘m, xarajatlari esa 25 trln 27,2 mlrd so‘m bo‘lgan. Salbiy farq – 5 trln 741,1 mlrd so‘m;
- may oyida davlat budjeti daromadlari – 22 trln 749 mlrd so‘m, xarajatlari esa 26 trln 565,2 mlrd so‘m bo‘lgan. Salbiy farq – 3 trln 816,2 mlrd so‘m;
- iyun oyida davlat budjeti daromadlari – 23 trln 233,4 mlrd so‘m, xarajatlari esa 27 trln 879,9 mlrd so‘m bo‘lgan. Salbiy farq – 4 trln 646,5 mlrd so‘m;
- iyul oyida davlat budjyeti daromadlari – 21 trln 815 mlrd so‘m, xarajatlari esa 24 trln 332 mlrd so‘m bo‘lgan. Salbiy farq – 2 trln 517 mlrd so‘m.
Ma’lumot uchun, 2024 yil uchun davlat budjeti haqidagi qonunga ko‘ra, davlat budjeti daromadlari 270,4 trln so‘m, xarajatlari esa 280,7 trln so‘mni tashkil etishi prognoz qilingan.
Konsolidatsiyalashgan budjet (davlat budjetidan tashqari, davlat maqsadli jamg‘armalari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda budjyet tashkilotlarining budjyetdan tashqari jamg‘armalarini ham o‘z ichiga oladi) defitsiti 52,6 trln so‘m yoki YaIMga nisbatan 4 foiz darajasida chegaralangan.
Avvalroq gaz uchun 2024 yilga ajratilgan subsidiyalar yarim yilda ishlatib bo‘lingani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:18 / 05.11.2024
O‘zbekistonning 2025 yil uchun davlat budjeti loyihasi e’lon qilindi. Asosiy ma’lumotlar
17:50 / 30.10.2024
2025 yil uchun davlat budjeti: qaysi tashkilotga qancha pul ajratiladi?
18:15 / 17.10.2024
2025 yilda budjetdan ta’lim va sog‘liqni saqlash uchun xarajatlar 20 foizga ko‘paytiriladi
18:57 / 03.10.2024