Jahon | 11:44 / 01.08.2024
3411
1 daqiqa o‘qiladi

Netanyahu Isroilning yuqori martabali maxsus xizmat xodimlari bilan uchrashadi

Tel-Aviv ma’muriyati Haniyaning o‘ldirilishi bo‘yicha hozircha bayonot bergani yo‘q

Foto: X / Office of the Prime Minister of Israel

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu yuqori martabali maxsus xizmat xodimlari bilan vaziyatni baholash yig‘ilishini o‘tkazadi va xavfsizlik kabinetini ham yig‘adi.

Isroil matbuotining xabar berishicha, Netanyahu yuqori martabali maxsus xizmat amaldorlari bilan vaziyatni baholash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi.

Seshanba kuni Isroil armiyasi Bayrutda «Hizbulloh»ning yuqori martabali qo‘mondonlaridan biri Fuad Shukurga zarba berdi. Isroil armiyasi Shukurning hujumda o‘ldirilganini e’lon qildi, bu xabarni «Hizbulloh» tasdiqlamadi.

HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya esa chorshanba kuni tongda Eron poytaxti Tehronda o‘ldirildi.

Eron va HAMAS Haniyaning o‘ldirilishi ortida Isroil turganini bildirdi.

Isroil armiyasi hujumga izoh berishdan o‘zini tiyib turibdi, Tel-Aviv ma’muriyati Haniyaning o‘ldirilishi bo‘yicha hozircha bayonot bergani yo‘q.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid