Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada yangi fuqarolar harbiy xizmat uchun ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi
Agar Rossiyaning yangi fuqarolari harbiy xizmatga ro‘yxatdan o‘tmasalar, qonunlarga kiritilgan yangi tuzatishlarga ko‘ra, ular Rossiya Federatsiyasi pasportlaridan mahrum bo‘ladilar. Davlat dumasi tegishli qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
Rossiya Davlat Dumasi birinchi o‘qishda harbiy ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarni Rossiya fuqaroligidan mahrum etish imkonini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda 31 iyul, chorshanba kuni Rossiya parlamenti quyi palatasi saytida ma’lumot berildi.
Hujjat «Harbiy burch va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi va «Fuqarolik to‘g‘risida»gi qonunlarga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutadi, unga ko‘ra Ichki ishlar vazirligi Rossiya fuqaroligini berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan erkaklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni harbiy ro‘yxatga olish reyestriga yuborishi kerak bo‘ladi.
Tegishli qonun loyihasi bir kun avval Davlat dumasiga parlament quyi palatasi spikeri Vyacheslav Volodin boshchiligidagi barcha fraksiyalarning deputatlar guruhi tomonidan kiritilgan edi.
Ikki kun avval Davlat dumasi Rossiya fuqaroligini olgan erkaklar uchun harbiy xizmat muddatini ikki yilga, shuningdek, mamlakatning yangi fuqarolari uchun chaqiruv yoshini oshirishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:41 / 31.12.2025
Aktyor Jorj Kluni va uning oilasi Fransiya fuqaroligini oldi
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025